Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida doimiy komissiya a'zolari va deputatlar ishtirok etishdi.
🏛 SamDVMCHB Universitetida “Turli ekologik muhitlarda dorivor o‘simliklarning bioekologiyasi va xom ashyolarini yetishtirishning zamonaviy masalalari” mavzusida Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
➡️Ushbu konferensiyaga Xalq deputatlari viloyat Kengashi doimiy komissiya raislari F.Toshev va B.Abdullayev ishtirok etishdi. Tadbir davomida ishtirokchilarga sohadagi o'zgarish va yangiliklar to'g'risida ma'ruza qilindi.
🌿 Mazkur konferensiyada dorivor o‘simliklarni yetishtirish, ularning bioekologik xususiyatlari, ekologik muhitga moslashuvi hamda xom ashyo bazasini rivojlantirishning dolzarb masalalari muhokama qilindi.
✨Tadbir davomida tashrif buyurgan mehmonlarga fakultetning iqtidorli talabalari erishgan yutuqlari, fakultet hamda kafedralarning istiqbolli rejalari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.
🧪 Shuningdek, zamonaviy “Start up” loyihalari, o‘quv-amaliy xonalar faoliyati hamda shifobaxsh dorivor o'simlik xomashyolaridan tayyorlangan damlama va fitochoylar ko‘rgazmasi mehmonlarda katta taassurot qoldirdi.