Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi

 Ayol qadri ulug‘langan jamiyatda taraqqiyot bo‘ladi

🔴 Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Kuchkarova va “Adolat” SDP Pastdarg‘om tuman Kengashi tashabbusi bilan “Beka Charos” xususiy korxonasida partiyaning “Bir adolatchi — yuz ayolga himoyachi” loyihasi hamda “Oilalar mustahkamligini kafolatlaylik” aksiyasi doirasida xotin-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tadbirda deputat Gulbeka Kuchkarova, “Mahallalar uyushmasi” Pastdarg‘om tuman bo‘limi mas’ul xodimlari hamda korxonada faoliyat yuritayotgan xotin-qizlar ishtirok etdilar.

Uchrashuv davomida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, oilalarda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, ayollarning huquqiy savodxonligini oshirish va jamiyatdagi faolligini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

🔘 Tadbirda so‘z olgan deputat G.Kuchkarova bugungi kunda xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning bandligini ta’minlash hamda munosib hayot sharoitlarini yaratish davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri ekanini alohida ta’kidladi.

✨ Zero, ayol qadrlangan oilada mehr bo‘ladi, oilasi mustahkam jamiyatda esa taraqqiyot bo‘ladi.

Slide 1 of 4