Yangiliklar

“Yashil makon” va “Yashil bog‘” loyihalari deputatlar nazoratida

Xalq deputatlari Tuproqqal’a tumani Kengashining “Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya” masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tumanda “Yashil makon” va “Yashil bog‘” dasturlari ijrosi, ushbu yo‘nalishlarda olib borilayotgan ishlar hamda deputatlik nazoratini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, tuman Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish inspeksiyasi tomonidan navbatdagi Kengash sessiyasi kun tartibiga kiritilishi taklif etilayotgan masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish bo‘yicha kelishib olindi.

🌿 Tabiatni asrash va hududlarni obodonlashtirish doimiy e’tiborda.

Slide 1 of 2