Yangiliklar

Bitiruvchi yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B. Sanayev tomonidan Jarquduq mahallasidagi 47-umumta’lim maktabining bitiruvchi o‘quvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuv davomida bitiruvchi yoshlar bayram bilan samimiy muborakbod etilib, ularning kelgusida oliy ta’lim muassasalarida tahsil olib, Vatan ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan yetuk va malakali kadrlar bo‘lib voyaga yetishlari yuzasidan ezgu tilaklar bildirildi.
Shuningdek, yoshlarning ilm-fanga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish maqsadida bitiruvchi o‘quvchilarga 50 dona kitob sovg‘a qilindi.
Mazkur uchrashuv yoshlarda kelajakka bo‘lgan ishonchni mustahkamlash, ularni bilim olishga rag‘batlantirish hamda ma’naviy qo‘llab-quvvatlashga xizmat qildi.

📍 Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi

Slide 1 of 1