✅Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanayev tomonidan tumandagi Jarquduq mahallasida fuqarolar bilan uchrashuv o‘tkazildi.
✅Mazkur uchrashuv davomida fuqarolarning murojaatlari tinglanib, ular tomonidan ko‘tarilgan masalalar yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rilib, ayrim muammolar joyida bartaraf etildi.
✅Shuningdek, ayrim fuqarolarning murojaatlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
✅Bunday uchrashuvlar aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlash, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish hamda ijobiy hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.