Yangiliklar

Deputat faoliyati: Dastur ijrosini o'rganish ishlari davom etmoqda

🔴Hududlarni rivojlantirish borasida belgilangan vazifalar ijrosi hamda “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi samaradorligini yanada oshirish, o‘zaro hamkorligini mustahkamlash maqsadida hamda tumanni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishni jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar yuzasidan tuman Kengashi deputati joylarda amalga oshirilayotgan loyihalar bilan tanishdi.

🔴Shuningdek deputat tumandagi 3-sonli Davlat maktabgacha ta'lim tashkilotining qurilish va qayta ta'mirlash ishlari bilan tanishib, loyihalarda uchrayotgan muommolar yuzasidan deputatlik nazoratini o'rnatildi, loyihalarni o'z vaqtida topshirish bo'yicha korxona raxbarlariga tushuntirishlar berilib, murojaatlar yuzasidan tegishli tashkilotlarga deputatlik so'rovlari yuborilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 5