Xalq deputatlari Jarqoʻrgʻon tuman Kengashi deputati B.Yuldoshev tuman hokimi oʻrinbosari, Obodonlashtirish boshqarmasi boshligʻi O.Xamrayevga bugun 69-ds-400-26-sonli deputatlik soʻrovi yubordi.
🔴Ushbu soʻrov “Matonat” mahalla raisi P.Rahmonovning murojaati asosida, mahalla infratuzilmasini yaxshilash maqsadida tayyorlandi.
🔴Unda “Nastarin”, “Istiqlol 1-berk”, “Billur”, “Chinor” va “Navobod” koʻchalaridagi umumiy uzunligi 4 600 metr boʻlgan ichki yoʻllarni ta’mirlash masalasi koʻtarilgan.
🔴Mazkur tashabbusdan koʻzlangan asosiy maqsad — mahalla aholisi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdir.