Unda “Bobur” va “Neftchilar” mahallalaridagi jami 2,8 km masofani asfaltlash hamda 2 km yo‘lga shag‘al tosh yotqizish masalasi ilgari surilgan.
Shuningdek, murojaatda hududdagi elektr tarmoqlari holatini yaxshilash va ekin maydonlarini sug‘orish uchun oqava suv yetkazib berish muammolarini hal etish choralari ko‘rsatilgan.
Mazkur masalalar aholi murojaatlari asosida deputatlik nazoratiga olindi va ijrosi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga vazifalar yuklandi.