Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

🟢 Shovot tumanida savdo shoxobchalari faoliyati sanitariya talablari asosida o‘rganildi

🟢 Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati A.Kalandarov, Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi U.Ruzmetov hamda tuman DSENM bosh vrachi o‘rinbosari A.Madaminov tomonidan tumandagi savdo shoxobchalari faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

🧾 O‘rganish davomida savdo obyektida sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash sharoitlari, mahsulotlarning yaroqlilik muddati hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🥫 Shuningdek, savdo shoxobchalarida iste’molchilar uchun yaratilgan sharoitlar ham o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

⚖️ Aholining salomatligini muhofaza qilish, sanitariya talablariga qat’iy amal qilish hamda sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Slide 1 of 2