Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Deputat oʻrganishi: Maqsad — aholi bandligi va daromadini oshirish

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati Qo'shnazarov Dilmurod Dilshod o'g'li tomonidan “Toʻqmangʻit” mahallasida hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oʻrganildi.
​Oʻrganish davomida asosiy eʼtibor quyidagilarga qaratildi:
✅ Kambagʻallikni qisqartirish: Ehtiyojmand oilalarning daromad manbalarini yaratish;
✅ Bandlik masalasi: Ishsiz fuqarolarni doimiy ish oʻrinlariga joylashtirish;
✅ Yangi ish oʻrinlari: Mahallada tashkil etilgan tadbirkorlik subyektlari va ulardagi real ish oʻrinlari holati.
​Deputat hokim yordamchilarining faoliyati boʻyicha oʻz tavsiyalarini berib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va aholi farovonligini oshirish boʻyicha aniq vazifalarni belgilab oldi.

Slide 1 of 3