Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

📌 Mahallalarda obodonchilik ishlari ko‘zdan kechirilmoqda

📌 Mahallalarda obodonchilik ishlari ko‘zdan kechirilmoqda
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati F.Anorboyev tumandagi “Istiqlol” mahalla fuqarolar yig‘inida olib borilayotgan ichki yo‘llarni asfaltlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.
Mazkur o‘rganish davomida deputat quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratdi:
👷‍♂️ Asfalt yotqizish ishlarining belgilangan davlat standartlari va texnik talablarga mos kelishi.
⏳ Ishlarning tasdiqlangan reja-jadval asosida, kechiktirilmasdan yakunlanishi.
🗣 Mahalla faollari va istiqomat qiluvchilar bilan suhbatlashib, ularning fikr va takliflarini tinglash.
Deputat tomonidan mas’ul pudratchi tashkilot vakillariga yo‘l qurilishi ishlarini sifatli bajarish va qisqa muddatlarda aholi ixtiyoriga topshirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Hududlarda ichki yo‘llarni yaxshilash va aholiga qulay sharoitlar yaratish borasidagi ishlar deputatlik nazorati ostida davom etmoqda.

Slide 1 of 2