Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xotira va jasorat — xalqimiz faxri!

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Bekobod tumanida tantanali bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari ushbu tadbirda faol ishtirok etib, yurtimiz tinchligi va xalqimiz farovonligi yo‘lida xizmat qilgan faxriylar xotirasiga hurmat bajo keltirdilar.

Bugun Yangi Bekobod markaziy maydonida bunyod etilgan “Xotira va jasorat majmuasi”ning tantanali ochilish marosimi ham bo‘lib o‘tdi. Ushbu majmua xalqimizning mardlik, jasorat va vatanparvarlik ruhini o‘zida mujassam etgan muqaddas maskanga aylandi.

✨ Xotira — muqaddas, qadrlash — oliy fazilat!

Slide 1 of 4