Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xonobodda yoshlar bilan ishlash — e’tibor markazida 🚀

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashi deputatlari — Sh. To‘raqulova va U. Raximjonov Xonobod mahallasida yoshlar yetakchisi tomonidan amalga oshirilayotgan tadbirlar va tashabbuslar bilan yaqindan tanishdi.

Uchrashuv davomida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ijtimoiy faolligini oshirishga qaratilgan loyihalar muhokama qilindi. Shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligi alohida e’tirof etildi.

Bunday tashabbuslar yoshlarning kelajagiga mustahkam zamin yaratib, jamiyat rivojiga xizmat qilmoqda 💡👥✨

Slide 1 of 4