📌 Deputatlik so‘rovi yuborildi
Sherobod tumani Kengashining 25-Tallashqon saylov okrugi deputati O.Tursunov tomonidan Bog‘iobod mahallasida o‘tkazilgan deputatlik nazorati davomida fuqarolar murojaatlari o‘rganildi.
🔍 O‘rganish jarayonida “Bog‘iobod” mahallasida joylashgan Paxtaobod va Sherjon ko‘chalari hozirgi kunda ta’mirtalab holatga kelib qolgani aniqlandi.
📍 Xususan:
• Paxtaobod ko‘chasi — 6 km
• Sherjon ko‘chasi — 2 km
Jami 8 km yo‘l qoplamasini joriy ta’mirlash (yamash) zarurati mavjudligi qayd etildi.
📝 Mazkur muammoni bartaraf etish maqsadida deputat tomonidan Obodonlashtirish boshqarmasi Sherobod tuman bo‘limiga deputatlik so‘rovi yuborildi. Unda holat yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda yozma ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.