O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasiga muvofiq, mazkur sohada rivojlanishning maqsadlari, ustuvor vazifalari hamda istiqboldagi asosiy yo‘nalishlar belgilab berilgan.
Mazkur yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar doirasida Surxondaryo viloyatidagi barcha Kengash raislari tajriba almashish maqsadida Oltinsoy tumaniga tashrif buyurdilar.
Tashrif davomida ular tuman hokimligi tomonidan Kengash faoliyati uchun ajratilgan xizmat xonalari bilan yaqindan tanishdilar.
✍️Oltinsoy tumani Kengash Kotibiyati Axborot xizmati