Yangiliklar

Investitsiya dasturi qanday bajarilmoqda.

 Xalq deputatlari Bekobod shahar Kengashi kotibiyat mudiri X.Ibragimova “Ahillik” saylov okrugi deputati K.Muxitdinova bilan “O‘zbekiston” mahallasi hududida joylashgan 2-umumiy o‘rta ta’lim maktabida investitsiya dasturi asosida sport zal qurilishi jarayoni bilan tanishdi. Mazkur qurilishga investitsiya dasturi doirasida 2341,3 mln.so‘m mablag‘ ajartilgan bo‘lib, qurilish ishlari “Far Flung invest” MChJ qurilish tashkiloti tomonidan amalga oshirilmoqda hamda qurilish ishlari 100 kunda tugatilishi belgilangan. Bugungikungachabelgilanganreja grafikka asosan 70 foiz ishlar amalga oshirilgan va qurilish ishlari o‘z vaqtida ya’ni may oyining oxirigacha yakuniga yetkazilishi ma’lum qilindi.  

Slide 1 of 2