Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashining “Mirzakalon Ismoiliy” saylov okrugidan saylangan deputati Ravshan Umarov saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuv davomida 2026-yilning birinchi choragida
amalga oshirilgan deputatlik faoliyati yuzasidan axborot berdi.
Axborotda hududda amalga oshirilgan ishlar hamda jinoyatchilikni barvaqt oldini olish va profilaktik tadbirlar bilan bog‘liq masalalarni hal etish, ko‘cha boshi va jamoatchilik vakillarining bu borada faolligini yanada oshirish bo‘yicha olib borilgan ishlar alohida qayd etildi.
Uchrashuv davomida mahalla faollari va fuqarolar tomonidan mahalladagi yo‘llarni ta’mirlash, hududda dam olish maskanlarini tashkil etish, obodonlashtirish ishlariga e’tiborni kuchaytirish kabi takliflar ilgari surildi.
Bildirilgan murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilandi.