“Mirishkor” mahallasi “Rohat” ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolardan ichimlik suvi ta’minoti bo‘yicha kelib tushgan ko‘plab murojaatlardan so‘ng tuman Kengashi deputati Gulsara Rizayeva tomonidan joyiga chiqib o‘rganish ishlari olib borildi.
🚰 O‘rganishlar davomida “Rohat” ko‘chasida ichimlik suvi quvuri yorilgani, natijada suvning behuda oqib yotgani aniqlandi. Mazkur holat bo‘yicha mas’ul tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi, muammoni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rish belgilandi.