Yangiliklar

Paxtakor tumani Samarqand MFY hududidagi 4-maktabda “Xalq bilan yuzma-yuz” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Mazkur uchrashuvda mahalla aholisi tomonidan kundalik hayotda qiynab kelayotgan muammolar ochiq va oshkora muhokama qilindi.

Xususan, aholi tomonidan gaz ta’minoti bilan bog‘liq masalalar, ijtimoiy ro‘yxatda turgan fuqarolarning farzandlarini maktabgacha ta’lim muassasalariga joylashtirish, shuningdek, davolanish va tibbiy yordamga oid murojaatlar bildirildi. Fuqarolar o‘zlarini tashvishga solayotgan muammolar bo‘yicha mas’ullardan aniq yechim va amaliy yordam so‘rashdi.

Uchrashuvda Xalq demokratik partiyasi Jizzax viloyat Kengashi raisi N.Xolmatov, tuman tashkilotlari xodimlari hamda tuman Kengashi deputatlari ishtirok etdi. Bildirilgan murojaatlarning ayrimlari joyning o‘zida ijobiy hal etilib, qolgan masalalar bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi va nazoratga olindi.

Slide 1 of 9