Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat investitsiyasi hisobidan barpo etilayotgan ijtimoiy obyektlardagi qurilish ishlari o‘rganildi
янв.21
#munosabat
янв.21
Deputat va saylovchilar uchrashuvida dolzarb masala yechim topdi
янв.21
Deputat so‘rovi orqali bolalar sport maydonining elektr ta’minoti masalasi ko‘tarildi
янв.21
Aholi manfaati – barqaror narx-navo va mahsulotlar yetarliligini ta’minlashda muhim omil
янв.21
Investitsiya loyihalari ijrosi joyiga chiqib o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida yoshlar bilan ishlash tizimi va bandlik masalalari o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
Navgadi mahallasida investitsiya loyihalarining amalga oshirilishi o‘rganildi
янв.21
Ta’lim tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi.
OLAM NURGA TO‘LSIN SEN BILANNAVRO‘Z!

 O‘zbekiston XDP Toshloq tuman tashkiloti tashabbusi bilan tuman tibbiyot birlashmasi boshlang‘ich partiya tashkiloti bilan hamkorlikda tuman markazidan olisda joylashgan Istiqlol Mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi 20-umumta’lim maktabida ustozlar va o‘quvchi yoshlar ishtirokida yosharish va yangilanish bayrami bo‘lmish Navro‘z umumxalq bayramiga bag‘ishlangan "Olam nurga to‘lsin sen bilan Navro‘z " ezgu g‘oya asosida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.  

 Tadbirda ishtirok etgan tuman tashkiloti ijrochi kotibi Gulbahor Raximova, Tibbiyot birlashmasi bpt raisi Sobirjon Karimovlar kirib kelayotgan navro‘z bayrami bilan yig‘ilganlarni samimiy tabriklab, ushbu bayram go‘zallik va nafosat bayrami ekinligi, O‘zbek xalqining qadimiy qadriyatlari va madaniyatini o‘zidan mujassam etganligi, shuningdek ushbu bahor bayrami yosharish va yangilanish bayrami ekanligi xaqida yig‘ilganlarga gapirib berdilar. Tadbirda munosib ishtirok etgan, o‘zlarining bahor bayrami, navro‘zi olam xaqidagi she’r va qo‘shiqlari bilan dillarni xushnud etgan o‘quvchi yoshlar va ustozlarga O‘zbekiston XDPning faxriy yorliqlari hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.  

Slide 1 of 5