Yangiliklar

DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI

DEPUTAT SAYLOVCHILAR BILAN UCHRASHDI 

        Xalq deputatlari Navbahor tuman Kengashi deputati T.Abdiyev oʻzi saylangan hududi "Arabxona" MFY saylovchilari bilan ochiq muloqot shaklida uchrashuv o‘tkazdi. Mazkur uchrashuvda deputat sifatida 2025 yilning o‘tgan davri davomida amalga oshirilgan ishlari, ko‘tarilgan masalalarini hal etilishi, saylovchilari murojaatlari bilan ishlash samaradorligi bo‘yicha atroflicha ma’lumot berdi. Uchrashuv qizg‘in va samimiy ruhda o‘tdi. Saylovchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, bevosita javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Deputat ularni har bir murojaatini diqqat bilan tinglab, mavjud muammolarni bosqichma-bosqich hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib borilishi ta’kidladi. Uchrashuv yakunida deputat tomonidan saylovchilarning shaxsiy masalalari bo‘yicha qilingan murojaaatlari asosida tegishli choralar ko‘rilishi belgilab olindi.

Slide 1 of 3