Moddiy ta'minlashning o'zi yetarli emas. Bu muhim, lekin yetarli emas. Bir qatorda, unga mehr-muhabbat, e'tibor, tarbiya va ta'lim berish ham muhim. 7-maktabda Olmaliq shahar Kengashi deputati Ergash Abdurayimov ishtirokida ota-onalar bilan bilan bo'lib o'tgan uchrashuvda asosiy masala shu haqida bo'ldi.
Qatnashchilari farzandlarimizni moddiy ta'minlash bilan bir qatorda:
* Mehr-muhabbat: Farzandga o'z muhabbatimizni his qildirish, uni quchoqlash, unga vaqt ajratish;
* E'tibor: Muammolarini tinglash, ularning fikrlarini qadrlash, ularni m'eyorida qo'llab-quvvatlash;
* Tarbiya: To'g'ri va yaxshi xulq-atvorni o'rgatish; ularni axloqiy jihatdan shakllantirish;
* Ta'lim: Ta'lim olish imkoniyatini yaratib berish; ularning qobiliyatlarini rivojlantirish;
* Ma'naviy immunitet: Bolalarimizni har qanday salbiy illatlardan, jinoyat va huquqbuzarliklardan asrash kabi tavsiyalarga kelishib oldilar.