Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati N.Abdullayeva Samarqand onkologiya markazi rahabari Firdavs O‘lmasov bilan tibbiyotdagi islohotlar va tibbiyotni raqamlashtirish holati bo‘yicha suhbatlashdi. Markazdagi ish jarayonlarini o‘rganib fikrlarini bildirdi.
Bizga ma’lumki, sohani raqamlashtirish bo‘yicha namunaviy tizim yaratish vazifasi qo‘yilib, “Elektron poliklinika” va “Elektron shifoxona” tizimlari ishga tushirilmoqda. Bu o‘z navbatida, ortiqcha ovoragarchilik va qog‘ozbozliklarga chek qo‘yib, barcha ishlarni tizimli ravishda olib borishga, shifokorlarning bemorlar uchun ko‘proq vaqt ajratishiga imkon beradi.