Yangiliklar

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi

Xalq deputatlari Boyovut tuman Kengashi kotibiyat mudiri Xusnara Berdiyarova o‘z saylov okrugi bo‘lgan “Tinchlik” mahallasi, “Nosir Mahmudov” qishlog‘idagi “Fido” ko‘chasi aholisi bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan asosiy masala — ko‘chaning yomon ahvolda ekanligi va uni ta’mirlash zarurati bo‘ldi. Aholining murojaati diqqat bilan tinglanib, muammoni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rilishi ma’lum qilindi.

Shuningdek, uchrashuv jarayonida fuqarolarning boshqa taklif va fikrlari ham inobatga olindi.

Slide 1 of 1