Bekobod shahridagi barcha ta’lim tashkilotlarida yangi 2025/2026-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan 2-sentabr kuni “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun” shiori ostida “Birinchi qo‘ng‘iroq” tadbiri va “Bilimlar kuni” keng nishonlandi. Bayramona kayfiyatda tashkil etilgan tantanali tadbirlarda Xalq deputatlari Bekobod shahar kengashi raisi N.Babayev, viloyat Kengashi deputati Ye.Lyapina, shahar kengashi deputatlari X.Ibragimova, G.Sharipova, U.Abdunazarov, X.Abdulqayumovlar ishtirok etib, o‘quvchilarni va ustozlarni yangi o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan tabrikladilar. Shuningdek, o‘quvchilar uchun yangi o‘quv yilidagi ilk mashg‘ulotlari - “Mustaqillik darsi”da deputatlar tomonidan mustaqillik g‘oyalari va uning qadriyatlari haqida so‘zlab berdilar.