Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Назорат тадбирлари ўтказилмоқда
янв.21
📌 "Камбағалликдан фаровонлик сари" — амалий қадамлар!
янв.21
🔰 Eko partiya hamkorligida nazorat tadbiri olib boriladi.
янв.21
🎓 Ёшларга мотивация – келажакка йўл!
янв.21
#_munosabat
янв.21
O‘zbekicton Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 14.01.2025 yildagi KQ-35-V-sonli qarorini ijrosi deputat nazoratida.
янв.21
#_МУНОСАБАТ
янв.21
"Mintaqaviy tinchlikka qo‘shilgan hissa – O‘zbekiston tashqi siyosatining muvaffaqiyati"
янв.21
Жондор туманида ғалла ўрими ишлари жадал суръатда давом этмоқда
янв.21
"Камбағалликдан фаровонлик сари” дастур ижроси депутатлар назоратида!
Deputatlar agrosanoat kompleksi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar

 Deputatlar agrosanoat kompleksi vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazdilar 

Ma’lumki, qishloq xo‘jaligi
mamlakatimiz iqtisodiyotida muhim va strategik ahamiyatga ega bo‘lib, oziq-ovqat
xavfsizligini ta’minlash, eksport salohiyatini yuksaltirish, aholi bandligini oshirishda
hal qiluvchi o‘rin tutadi. Bu yo‘nalishda faoliyat yuritayotgan fermerlar, dehqon
xo‘jaliklari hamda agrosanoat korxonalarining hissasi beqiyos.
 

Prezidentimiz Shavkat
Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: “Fermer - bugungi zamon qahramoni, xalq taomilini,
bozorni, hayotini ta’minlovchi asosiy tayanchdir.”
 

Ayni paytda mamlakatimizda
qishloq xo‘jaligini jadal rivojlantirish, uning huquqiy, iqtisodiy va tashkilotchilik
asoslarini mustahkamlash, fermer va dehqonlar uchun qulay ishbilarmonlik muhitini
yaratishga davlat siyosati darajasida e’tibor qaratilmoqda.
 

Shu maqsadda, Xalq
deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari O‘zLiDeP Ijroiya qo‘mitasi apparati
vakillari bilan hamkorlikda, “Bir deputat - bir tadbirkor” tamoyili asosida tumandagi
bir guruh dehqon va fermer xo‘jaliklari bilan ochiq muloqot tashkil etdilar.
 

Uchrashuv davomida
fermer va dehqonlar tomonidan qishloq xo‘jaligi sohasida mavjud muammo va to‘siqlar,
subsidiyalardan foydalanish, yer resurslaridan unumli foydalanish, zamonaviy agrotexnologiyalarni
joriy etish kabi masalalar ko‘tarildi. Deputatlar tomonidan ushbu masalalarga tegishli
tashkilotlar bilan hamkorlikda aniq yechim topish bo‘yicha taklif va tavsiyalar
berildi.
 

Shu bilan birga, tadbir
doirasida faol fermerlar tajribalari o‘rganilib, ularning yutuqlari ommalashtirish
uchun alohida qayd etildi. Bu kabi muloqotlar, shubhasiz, joylardagi tadbirkorlik
muhitini yaxshilash va qishloq xo‘jaligi salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat
kasb etadi.
  

Slide 1 of 5