35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar, qonun va qarorlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar, qonun va qarorlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi deputatlari faoliyatida qonunchilikni chuqur o‘rganish va amaliyotda samarali qo‘llash maqsadida eng muhim normativ-huquqiy hujjatlar, qonun va qarorlar deputatlar o‘rtasida taqsimlab berildi.
янв.21
Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashining joriy yil 31-martdagi VII-28-70-7-0-K/26-sonli qaroriga asosan fuqarolarning yer uchastkalariga bo‘lgan ijara huquqi hamda ushbu yer maydonlarida qurilgan bino va inshootlarga nisbatan mulk huquqlari rasman e’tirof etildi.
янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 18-Shirinkent saylov okrugi deputati Toshpulatov Arslon Axror o‘g‘li tomonidan aholi iste’moli uchun eng zarur mahsulotlar narx-navosi va mahsulotlarning yetarliligi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi 17-Zarafshon saylov okrugi deputati Xamrayeva Dilnoz Xasanovna tomonidan umumta’lim maktablari oshxonasi o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi kotibyati mudiri Jumanov Jamshid Akramovich tomonidan o‘tkazilgan sayyor qabulda To‘qqizboy mahallasi Baqalchoq qishlog‘i aholisi tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash bo‘yicha murojaat yo‘llangan edi.
янв.21
Xalq deputatlari Jomboy tumani Kengashi kotibyati mudiri Jumanov Jamshid Akramovich tomonidan To‘qqizboy mahallasida aholi murojaatlari o‘rganildi.
янв.21
Deputatlar sayyor qabul o‘tkazib, fuqarolarning murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmatlar holatini o‘rganildi.
#YangiYil

Muhtaram vatandoshlar!

Siz, azizlarni, ko‘pmillatli O‘zbekiston xalqini yangi – 2025-yil bilan chin qalbimdan muborakbod etaman.

Jahondagi murakkab vaziyatga qaramasdan, o‘tayotgan yil mamlakatimiz uchun qutli va barakali bo‘ldi. Buning uchun har qancha shukrona aytsak, arziydi.

Mehnatkash xalqimizning fidokorona mehnati, siyosiy-ijtimoiy faolligi bilan Yangi O‘zbekiston g‘oyasi real voqelikka aylanmoqda.

Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar demokratik islohotlarning yangi davriga qadam qo‘yganimizni yana bir marta tasdiqladi.

Yurtimizda yuqori texnologiyali yangi sanoat majmualari, infratuzilma va logistika tarmoqlari, avtomobil va temir yo‘llar barpo etildi. Biznes, IT va turizm sohalari izchil rivojlanmoqda. Aholi daromadlari va turmush sifati oshmoqda.

Mirishkor dehqon va fermerlarimiz, klasterlarimiz ishchi-xizmatchilari mardona mehnat qilib, mo‘l hosil yetishtirdilar.

Yangi uy-joylar, bog‘cha va maktablar, oliygohlar, madaniyat va sport maskanlari qad ko‘tarmoqda. Yurtimiz tobora obod qiyofa kasb etmoqda. Minglab yurtdoshlarimiz Yangi yilni yangi uylarda kutib olmoqda.

Bilimli va shijoatli, navqiron yoshlarimiz ulkan yutuqlarni qo‘lga kiritmoqda. Ayniqsa, Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarida erishilgan rekord natijalar milliy sportimiz tarixida yangi sahifa ochdi.

Fuqarolik jamiyati institutlari, xususan, mahallaning roli va ta’siri kuchaymoqda. Ma’naviy yuksalish jarayonlari hayotimizda yangi kuch, yangi harakatga aylanmoqda.

Global ahamiyatga ega tashabbuslarimiz jahon hamjamiyati tomonidan qo‘llab-quvvatlanmoqda. Xalqaro maydonda O‘zbekistonning raqobatbardosh mamlakat, ishonchli hamkor sifatidagi obro‘-e’tibori yuksalib bormoqda.

Hech shubhasiz, bularning barchasi diyorimizdagi barqarorlik, do‘stlik va hamjihatlik natijasidir.

Bugungi shukuhli oqshomda siz, azizlarga, olijanob va bunyodkor xalqimizga halol mehnatingiz, ona yurtga sadoqatingiz uchun samimiy minnatdorchilik izhor etaman.

Qadrli do‘stlar!

Biz 2025-yilga mamlakatimizda Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yili deb nom berdik. Asosiy maqsadimiz – inson va tabiat muvozanatiga asoslangan tizim yaratishdir.

Yangi yilda biznes uchun yanada keng imkoniyatlar yaratiladi. Xususiy mulk daxlsizligini ta’minlash, xorijiy investitsiyalarni faol jalb etish ishlarini qat’iy davom ettiramiz.

Ijtimoiy sohalar, ish haqi, pensiya va stipendiyalar, nafaqalar miqdorini oshirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egalari, barkamol bo‘lib tarbiya topishlari uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz.

Ilm-fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniyat va san’at, sport sohalariga e’tibor yanada kuchaytiriladi.

Muhtaram faxriylarimiz, xotin-qizlar va yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish, ijtimoiy himoya samarasini oshirish ustuvor vazifamiz bo‘lib qoladi.

Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini mustahkamlash, harbiy xizmatchilar va ularning oila a’zolarini qo‘llab-quvvatlash ishlarini yangi bosqichga ko‘taramiz.

Muxtasar aytganda, “Inson qadri uchun, inson baxti uchun!” degan olijanob maqsadni barchamiz birgalikda amalga oshiramiz.

Aziz va muhtaram yurtdoshlar!

Barchangizni, chet ellardagi vatandoshlarimiz, xorijiy hamkor va do‘stlarimizni bugungi qutlug‘ bayram bilan yana bir bor chin dildan tabriklayman.

Yangi yil har bir inson, har bir oilaga, jonajon yurtimizga katta-katta yutuq va omadlar olib kelsin!

Hamma ezgu niyatlarimiz ro‘yobga chiqsin!

Yangi yil barchamizga muborak bo‘lsin!