Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

JINOYATCHILIKNING OLDINI OLISH VA JAMOAT XAVFSIZLIGINI TA’MINLASH MASALALARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi kotibiyati mudiri N.Turdiyev hamda tuman Kengashi deputati J.Usmonov tomonidan tuman Kengashining navbatdagi 36-sessiyasi kun tartibiga kiritilgan masala yuzasidan Obod mahallasida profilaktika inspektori tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi va uning takliflari tinglandi.

O‘rganish davomida bugungi kunga qadar mahalla hududida jinoyat sodir etilmagani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, profilaktika inspektori tomonidan mahallada jamoat xavfsizligini yanada mustahkamlash maqsadida qo‘shimcha kuzatuv kameralarini o‘rnatish hamda nizoli oilalarda xavf-xatar tugmachalarini joriy etish yuzasidan takliflar bildirildi.

Mazkur takliflar mahallada huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash va nizoli oilalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan salbiy holatlarning barvaqt oldini olishga qaratilgan.

Slide 1 of 3