21-oktabr — O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Xalq deputatlari Sardoba tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi S.Nomozov tomonidan tuman Xalq qabulxonasi xodimlari bayram bilan samimiy tabriklandi.
Tadbir davomida ona tilimizning milliy o‘zligimiz, ma’naviyatimiz va boy madaniy merosimizni ifoda etishdagi beqiyos o‘rni alohida ta’kidlandi. Shuningdek, davlat tiliga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, uning nufuzini oshirish va kundalik faoliyatda adabiy til me’yorlariga rioya etish muhimligi qayd etildi.
Barchamiz uchun aziz bo‘lgan ona tilimizga ehtirom ko‘rsatish va uni asrab-avaylash har birimizning muqaddas burchimizdir.