Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

MAHALLA MUAMMOLARINI HAL ETISHDA HAMKORLIK VA HAMJIHATLIK MUHIM

 
📍 Chinoz tumanidagi “Ehtirom” mahallasida “Mahalla yettiligi – Kengash – Senat” uch bo‘g‘inli hamkorlik tizimi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori ijrosini ta’minlash, mahallalardagi mavjud muammolarni aniqlash hamda ularni hamkorlikda bartaraf etish maqsadida Xalq deputatlari Chinoz tumani Kengashi kotibiyati mudiri Asqar Baxramov “Ehtirom” mahallasida bo‘ldi.

🔎 O‘rganish jarayonida mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi va ijtimoiy xodimlarning faoliyati, aholi bilan ishlash samaradorligi hamda hududdagi dolzarb masalalarni hal etish borasidagi ishlar ko‘rib chiqildi.

✅ Asosiy e’tibor quyidagi masalalarga qaratildi:
- Bandlik va tadbirkorlik: aholi, ayniqsa, ishsiz fuqarolarning bandligini ta’minlash, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish;
- Yoshlar bilan ishlash: yoshlarning muammolarini o‘rganish, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash va tadbirkorlik faoliyatini boshlashlariga ko‘maklashish;
- Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash: ularning bandligini ta’minlash, kasbiy ko‘nikmalarini rivojlantirish va ijtimoiy faolligini oshirish;
- Ijtimoiy himoya: ehtiyojmand oilalarni aniqlash, ularga belgilangan tartibda yordam ko‘rsatish va ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
- Jamoat xavfsizligi: huquqbuzarliklarning oldini olish, mahallada tinchlik va osoyishtalikni ta’minlash;
- Fuqarolar murojaatlari: aholini qiynayotgan masalalarni o‘z vaqtida aniqlash va ularning yechimi yuzasidan tegishli choralarni ko‘rish.
🤝 Shuningdek, mahalla hayotida ko‘cha boshilarining o‘rni va ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi. Ularning aholi bilan doimiy muloqot olib borishi, hududdagi muammolarni aniqlashi hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda ish yuritishi muhimligi ta’kidlandi.

📝 O‘rganish yakunida mahalladagi mavjud masalalarni manzilli hal etish, mas’ullar o‘rtasidagi hamkorlikni kuchaytirish va belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🇺🇿 Hamkorlikning asosiy maqsadi — mahalladagi har bir muammoni o‘z vaqtida aniqlash, fuqarolar manfaatini ta’minlash va aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratishdir.

Slide 1 of 2