Yangiliklar

Huquqiy ma'lumot
#162_ta_Qonun
📌 Mahalliy Kengashlar faoliyatida yangi samarali boshqaruv mexanizmlari joriy etilmoqda


🇺🇿 Oliy Majlis Senatining 15-yalpi majlisida “Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonunga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqidagi Qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi.

Mazkur qonun Prezidentning 2025-yil 23-iyundagi PF–98-son Farmoni bilan tasdiqlangan "O‘zbekiston Respublikasida mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasi" da belgilangan vazifalarni amaliyotga tatbiq etishga xizmat qiladi. Konsepsiyaning asosiy maqsadi — “Kuchli Kengash – hisobdor va tashabbuskor hokim” tamoyilini qaror toptirish, mahalliy Kengashlarning mustaqilligi, nazorat vakolatlari va xalq manfaatlarini ifoda etishdagi rolini yanada kuchaytirishdan iborat.

📁 Qonun bilan quyidagi muhim yangiliklar joriy etilmoqda:

✅ Kengash raisi o‘rinbosari instituti tashkil etiladi. U bir vaqtning o‘zida Kengash kotibiyati mudiri vazifasini ham bajaradi.
✅ Kengash Rayosati tuziladi. Uning tarkibiga Kengash rahbariyati, doimiy komissiyalar hamda siyosiy partiya guruhlari rahbarlari kiradi.
✅ “Kengash soati” instituti yo‘lga qo‘yiladi. Bu orqali deputatlar aholini qiynayotgan dolzarb masalalar yuzasidan mas’ul davlat organlari va mutasaddilardan tezkor axborot hamda javob olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

📈 Ushbu islohotlar:

🔹 mahalliy Kengashlarning institutsional salohiyatini oshiradi;
🔹 deputatlik nazoratining ta’sirchanligini kuchaytiradi;
🔹 hududiy muammolarni tezkor va samarali hal etishga xizmat qiladi;
🔹 fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytiradi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube
Slide 1 of 1