Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi Raisi, deputati R. Yusupov tomonidan saylov okrugida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi PQ-1-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.
✅Mazkur qaror mahallalarda xavfsiz muhit yaratish, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, muammolarni manzilli o‘rganish hamda profilaktik ishlarni kuchaytirishga qaratilgan.
✅O‘rganish davomida saylov okrugidagi mavjud holat, hududda jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek, aholi xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi.
📝Jarayonda aniqlangan muammolar tahlil qilinib, jinoyatchilikning oldini olish, mahallada xavfsiz muhitni mustahkamlash va PQ-1-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting!