Yangiliklar

🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi

🧑‍💼 Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi

📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi tomonidan O‘rta Chirchiq tumani Yoshlar ishlari bo‘limi faoliyati o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida tumanda yoshlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, yoshlar bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ko‘rib chiqildi.

📌 Yoshlar bilan ishlash samaradorligi, belgilangan vazifalar ijrosi va mavjud muammolar tahlil qilinib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

🤝 Deputatlik nazorati doirasidagi o‘rganishlar yoshlar manfaatlarini himoya qilish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud muammolarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 2