Yangiliklar

#BuloqboshiKengashi #QonunTargiboti #BolalarHuquqlari #HuquqiySavodxonlik #DeputatFaoliyati #HuquqbuzarliklarProfilaktikasi
Xalq deputatlari Buloqboshi tumani Kengashi 5-Raish–Yorboshi saylov okrugi deputati A.Nurmatov tashabbusi bilan saylov okrugida joylashgan 16-maktabda maktab pedagoglari hamda o‘quvchilari ishtirokida qonun targ‘ibotiga bag‘ishlangan muloqot uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida Oliy Majlis Senatining 20-yalpi majlisida qabul qilingan “Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati hamda ahamiyati yuzasidan ishtirokchilarga batafsil tushunchalar berildi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqbuzarliklarning oldini olish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish, ularni qonunlarga hurmat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu yo‘nalishda mahalla profilaktika inspektori bilan hamkorlikda tizimli va doimiy ravishda ish olib borish tartibi haqida fikr almashildi.

Muloqot uchrashuvidan ko‘zlangan asosiy maqsad — bolalar huquqlarini himoya qilish, ta’lim muassasalarida xavfsiz muhitni mustahkamlash hamda yoshlar o‘rtasida huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olishdan iborat.
Zero, bolalar xavfsizligi va kelajagini ta’minlash — barchamizning umumiy mas’uliyatimiz!

| Web.sayt | Telegram | Facebook | Youtube| Instagram |
Slide 1 of 3