#24_ta_masala
Xalq deputatlari Payariq tumani Kengashi 1-Do‘stlik saylov okrugidan saylangan deputat O‘.Omonov Do‘stlik mahallasida bo‘lib, hokim yordamchisi bilan birgalikda kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandi.
O‘rganish davomida PF-193-sonli Farmon ijrosi, aholini kambag‘allikdan chiqarish, ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash hamda oilalarning daromad manbalarini kengaytirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar tahlil qilindi.
Shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish orqali mahallada kambag‘allikni qisqartirish samaradorligini oshirish masalalariga e’tibor qaratildi.
🔰Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:
Telegram | Veb-Sayt| Facebook|instagram |You tube|