“Andijon” mahallasida elektr tarmoqlarini yangilash ishlari nazorat qilindi
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi deputati, 11-Mustaqillik saylov okrugi vakili Eshbayev Sherzod Narbayevich tomonidan “Andijon” MFYning Jiydali ko‘chasida 600 metr uzunlikdagi yangi elektr simyog‘ochlari tarmog‘ini o‘rnatish ishlari nazorat qilindi.
Mazkur ishlar hududda elektr ta’minoti barqarorligini ta’minlash, mavjud muammolarni bartaraf etish hamda aholi uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan.