Hududda investitsiya loyihasi ijrosi o‘rganildi
📍 Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B. Baxovadinov tomonidan Qorasuv daryosi bo‘yida amalga oshirilayotgan «Sohil bo‘yi» loyihasi doirasidagi qurilish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.
🔎 O‘rganish davomida loyiha doirasida olib borilayotgan qurilish-montaj ishlari, hududni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda ajratilgan investitsiya mablag‘larining maqsadli va samarali o‘zlashtirilishi holati bilan tanishildi.
Mazkur o‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — investitsiya loyihalari ijrosi ustidan deputatlik nazoratini kuchaytirish, qurilish ishlarining sifatli bajarilishi va loyihaning belgilangan muddatlarda yakunlanishini ta’minlashdan iborat.
✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!