Yangiliklar

TA’LIM MUASSASASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OSHXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI

 TA’LIM MUASSASASIDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK VA OSHXONA FAOLIYATI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Olmazor tumani Kengashi raisi Shaxnoza Umarxodjayeva boshchiligida hamda 28-«Chimboy» saylov okrugidan yangi saylangan deputat Ma’rufjon Mirzamaxmudov ishtirokida umumta’lim maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.
🏫 O‘rganish davomida 224-sonli umumta’lim muassasasining 2026–2027-yillar kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati, isitish tizimlarining holati hamda o‘quvchilar uchun munosib sharoitlar yaratilgani yuzasidan masalalar ko‘rib chiqildi.

🍽 Shuningdek, maktab oshxonasi faoliyati, sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi, oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va o‘quvchilar uchun tashkil etilgan ovqatlanish sharoitlariga e’tibor qaratildi.

📌 O‘rganishdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim muassasasida mavsumni barqaror o‘tkazish uchun zarur sharoitlarni ta’minlash, o‘quvchilar salomatligini muhofaza qilish hamda maktab infratuzilmasi va ovqatlanish xizmatlari ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishdan iborat.

📎 Mazkur o‘rganishlar ta’lim muassasasida mavjud sharoitlarni yaxshilash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish va o‘quvchilar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan.

👇 Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Slide 1 of 8