Yangiliklar

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi

BO‘STON MAHALLASIDA ICHKI ARIQCHALAR O‘RNATISH ISHLARI O‘RGANILDI

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi raisi Sh.Eshbayev hamda deputat J.Mamadaliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-49-sonli qarori asosida Bo‘ston mahallasida ichki ariqchalar o‘rnatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holati o‘rganildi.

O‘rganish davomida ichki ariqchalarni o‘rnatish ishlari yakunlanish arafasida ekanligi hamda ishlar belgilangan reja asosida olib borilayotgani aniqlandi.

Mazkur ishlar mahallada sug‘orish tizimini yaxshilash, suvdan samarali foydalanish va hudud obodonligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4