Yangiliklar

DEPUTAT SO‘ROVIGA RASMIY JAVOB KELDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Ahmedov Shuxrat Murotovich tomonidan Gavhar MFY hududidagi ko‘chalarni ta’mirlash masalasi yuzasidan deputat so‘rovi yuborilgan edi.
📄 Chilonzor tumani hokimligi tomonidan mazkur deputat so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi.
Javob xatida Gavhar MFY hududidagi ta’mirtalab ko‘chalarni asfalt qoplamasi bilan qoplash ishlari joriy yilda tumandagi ta’mirtalab ko‘chalarni ta’mirlash bo‘yicha manzilli chora-tadbirlar rejasiga kiritilgani ma’lum qilingan.
Shuningdek, manzilli ro‘yxat dasturi tasdiqlanib, belgilangan tartibda mablag‘lar ajratilganidan so‘ng ta’mirlash ishlari tashkil etilishi bildirilgan.
✅ Deputatlik nazorati davom etadi. Mazkur masalaning amaliy yechimi va ko‘chalarni ta’mirlash ishlarining amalga oshirilishi yuzasidan keyingi jarayonlar kuzatib boriladi.