#Oylik_Ish_reja_ijrosi
#Ish_reja_ijrosi
#Fuqaro_masalasi
👥 YOSHLAR MUAMMOLARI VA TAKLIFLARI O‘RGANILDI
📍 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 22-Bo‘ston saylov okrugidan saylangan deputati A. To‘xtashov tomonidan “Oyinli” mahallasida yoshlarning muammo va takliflari uyma-uy yurish orqali o‘rganildi.
🤝 O‘rganish davomida yoshlar bilan muloqot qilinib, ularni qiynayotgan masalalar, bandligini ta’minlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga oid takliflariga e’tibor qaratildi.
🔎 Yoshlar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflarni o‘rganish, mavjud muammolarni aniqlash hamda ularning yechimi bo‘yicha tegishli choralarni belgilash masalalari muhokama qilindi.
✅ Maqsad — yoshlar bilan doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash va muammolariga amaliy yechim topishga ko‘maklashish.
Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube