Yangiliklar

MINGCHINOR MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA WORKOUT HUDUDLARI O‘RGANILDI

#deputat_faoliyati
#deputat_nazorati

🏗 MINGCHINOR MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA WORKOUT HUDUDLARI O‘RGANILDI

Paxtakor tumani Mingchinor mahallasi hududidagi ko‘p qavatli uylar atrofida barpo etilayotgan bolalar o‘yingohlari hamda workout maydonchalari mahalla deputati hamda faollari tomonidan o‘rganildi.

O‘rganish davomida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari, maydonchalarning holati va aholi, ayniqsa, bolalar hamda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoitlarga e’tibor qaratildi.

Mazkur maskanlar hudud obodligini ta’minlash, bolalarning mazmunli hordiq chiqarishi va yoshlarning sport bilan shug‘ullanishi uchun qulay imkoniyatlar yaratishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 3