Chilonzor tumanidagi 162-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida futbol musobaqasi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Mazkur sport tadbirida xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari Mavlonov Azam Qarshiyevich va Ahmedov Shuxrat Murotovich ham ishtirok etdilar.
Musobaqa davomida ishtirokchilar o‘rtasida do‘stona muhit, sog‘lom raqobat va jamoaviy hamjihatlik namoyon bo‘ldi. Deputatlarimizning ushbu tadbirda ishtirok etishi sportni ommalashtirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda mahallalar o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan tashabbuslarning ahamiyatini ko‘rsatadi.
💪 Sport — salomatlik, birdamlik va hamjihatlik garovi!