#kengash_raisi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Davlat xizmatlari markazi va FHDYO bo‘limida xizmat ko‘rsatish sifati tahlil qilindi
✅Bandixon tumanida aholiga davlat xizmatlarini ko‘rsatish tizimini takomillashtirish, byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish hamda ijro intizomini mustahkamlash borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.
✅Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E.N.Jurayev hamda Kengash bosh mutaxassisi E.Eshonqulov tumandagi Davlat xizmatlari markazi hamda FHDYO bo‘limida bo‘lib, muassasalarning amaldagi ish faoliyati bilan tanishdilar.
✅Monitoring jarayonida "mahalla — tuman — viloyat" integratsiyasi, "Yagona darcha" tamoyilining amaliyotdagi ijrosi, fuqarolarning kutish vaqti, axborot tizimlarining uzluksiz ishlashi hamda xodimlarning muomala madaniyati ko‘rib chiqildi.
✅Shuningdek, markazga tashrif buyurgan fuqarolar bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, ularning davlat xizmatlaridan qoniqish darajasi o‘rganildi.
✅O‘rganish natijalari asosida davlat xizmatlarini ko‘rsatish muddatlariga qat’iy rioya qilish, ortiqcha qog‘ozbozlikka yo‘l qo‘ymaslik hamda aholi uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash yuzasidan mas’ul rahbarlarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.