Chekka hududdagi aholi murojaati joyiga chiqib o‘rganildi
Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga O‘zbekiston Ekologik partiyasidan saylangan deputat Bekniyazov Baxramjon Kamiljanovich o‘zi saylangan “Sarayko‘l” OFY 6-Sarayko‘l saylov okrugi hududidagi murojaat yuzasidan joyiga chiqdi.
💧 Murojaatda 21-sonli maktab yaqinida bir necha yil avval qazilgan quduqdan chiqayotgan suvning aholi iste’moli uchun yaroqsizligi bildirilgan.
🔎 Deputat hududdagi holatni ko‘zdan kechirib, murojaat yuzasidan aholi bilan suhbatlashdi hamda ularning fikr-mulohazalarini tingladi.
📋 O‘rganish yakunlari asosida mazkur masalani tegishli doimiy komissiya yig‘ilishida muhokama qilish belgilandi.