Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashi deputati M. Asilova tomonidan Kengash kotibiyati tomonidan shakllantirilgan oilalar ro‘yxati asosida ishchi guruh a’zolari bilan hamkorlikda Kulolqo‘rg‘on mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
🔎O‘rganish davomida ro‘yxatga kiritilgan oilalarning ijtimoiy-maishiy sharoiti, bandlik holati, daromad manbalari, mavjud muammolari va ehtiyojlari xonadonbay o‘rganildi.
⚖️O‘rganish ishlari O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni, 2020-yil 20-oktabrdagi O‘RQ-642-son Qonunida belgilangan aholini bandlikka ko‘maklashish va ijtimoiy ehtiyojmand fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash tamoyillari asosida olib borildi.
📝Aniqlangan muammolar va fuqarolarning murojaatlari qayd etilib, ularni hal etish hamda ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.
🤝 Aholi muammolarini manzilli o‘rganish, oilalarni qo‘llab-quvvatlash va aniqlangan masalalarning amaliy yechimini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettiriladi.