Xalq deputatlari Mirzo Ulug‘bek tumani Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi Botir Nurmatov “Yuzrabot” mahallasida kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalari yuzasidan o‘rganish olib bordi.
O‘rganish davomida “Navnihol” BSK tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda hududni obodonlashtirish ishlari ko‘rib chiqildi.
Mavsumga puxta tayyorgarlik ko‘rish, mahalla hududini ozoda saqlash va aholining qulay yashash sharoitlarini ta’minlashda muhim ahamiyatga ega.