Xalq deputatlari Yunusobod tumani Kengashining Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi deputatlari G. Azimova, D. Musayeva va M. Murzametova tomonidan 240-sonli umumta’lim maktabida ta’lim jarayoni o‘rganildi.
✅O‘rganish davomida maktabda ta’lim jarayonining tashkil etilishi, dars mashg‘ulotlarining olib borilishi, o‘quvchilarning davomat va o‘zlashtirish holati, pedagoglar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda o‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi uchun mavjud imkoniyatlarga e’tibor qaratildi.
🔔Shuningdek, ta’lim sifatini yanada oshirish, o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash hamda dars jarayonini samarali tashkil etish masalalari yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.
📌O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan masalalarni bartaraf etish, ta’lim sifatini yaxshilash va o‘quvchilar uchun yanada qulay ta’lim muhitini yaratish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.
⚖️Huquqiy asos: O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘RQ-637-son Qonuni, 2020-yil 23-sentabr. Mazkur Qonun ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga soladi hamda ta’lim mazmuni va sifatiga qo‘yiladigan davlat talablarini belgilaydi.
Bizni kuzatishda davom eting!