Bepul beriladigan dori vositalari bilan ta’minlash holati o‘rganildi
Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha 24 talik tavsiyalar ijrosi doirasida aholini bepul dori vositalari bilan ta’minlash holati yuzasidan deputatlik nazorati tadbiri o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Olmazor tuman Kengashi deputati K.Muxitdinova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi U.Shopotixov tomonidan Olmazor tumanidagi 15-son oilaviy poliklinika faoliyati o‘rganilib, imtiyozli toifadagi fuqarolarga bepul beriladigan dori vositalarining mavjudligi, saqlanish sharoiti va tarqatish tartibi bilan tanishildi.
O‘rganish jarayonida aholining bepul dori-darmonlar bilan uzluksiz ta’minlanishi, dori vositalarining sifati hamda ehtiyojmand fuqarolarga o‘z vaqtida yetkazilishi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
📌 Mazkur yo‘nalishdagi ishlar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 19-yanvardagi 32-son qarori bilan tasdiqlangan “Birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari orqali imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash tartibi” ijrosini tumanda o’rganish masalasi muhokama qilindi