Bugun Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 6-Quyosh saylov okrugidan saylangan deputat Salimboyev Xasan Dilmurodovich “Quyosh” va “Kichikqo`rg`on” MFYlar yettiligi bilan mahalladagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jamoat havfsizligi, aholining himoyaga muhtoj qatlamlariga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatish, gaz, elektr va suv ta’minoti va yo‘l infratuzilmasi sohasidagi dolzarb muammolarni hal etish masalalari bo`yicha suhbatlashdi.Bugungi qishning sovuq kunlaridan aholini betalofat chiqishida muammolarga uchramasiligini ta’minlash borasida e’tibor berilishi kerak bo‘lgan jihatlar haqida to‘xtaldi. Shuningdek, uchrashuv natijasi bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi va ularning ijrosi nazoratga olindi.